ZYVO
RU Bosh sahifa
Huquqiy hujjat

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilangan: 14.05.2026

1 Xizmat tavsifi

ZyvoGym — gym va fitness klublari uchun SaaS boshqaruv tizimi. A'zolik, kassa, bar, moliya, marketing va analitika modullarini taklif qiladi.

Web (CRM), Windows desktop va xodimlar uchun mobile ilova orqali ishlaydi.

2 Tariflar va to'lovlar

Starter — 100 a'zogacha, 3 xodim 200 000 UZS/oy
Standard — 500 a'zogacha, 10 xodim, Bar POS, Loyalty 350 000 UZS/oy
Pro — Cheksiz a'zolar va xodimlar, AI tahlil 500 000 UZS/oy
💡 Birinchi to'lov: 500 000 so'm o'rnatish + mas'ul xodim biriktirish to'lovi. Bu faqat 1 marta, hisobni ishga tushirishda olinadi. Bunda biz Excel'dan ma'lumotlarni ko'chiramiz, qurilmalarni ulaymiz va xodimlarni o'rgatamiz.
  • To'lov vaqti: obuna tugashi bilan yoki muddatdan oldin
  • To'lov usuli: Click yoki Payme orqali
  • To'lov qilinmasa: 7 kun ichida hisob vaqtincha to'xtatiladi (ma'lumotlar yo'qolmaydi)
  • Bekor qilish: istalgan vaqt — joriy oy oxirigacha xizmat davom etadi

3 Bekor qilish va eksport

Istalgan vaqt obunani bekor qila olasiz. Bekor qilganda barcha ma'lumotlar Excel/PDF formatda yuklab olinadi va 30 kun davomida saqlanadi.

30 kun ichida qaytsangiz, hamma narsa avtomatik tiklanadi. 30 kundan keyin ma'lumotlar butunlay o'chiriladi.

4 Foydalanuvchi javobgarligi

  • Hisob ma'lumotlarini xavfsiz saqlash (parol, token)
  • Foydalanuvchilar uchun haqiqiy ma'lumot kiritish
  • Xizmatdan qonuniy maqsadlarda foydalanish
  • Tizimni buzishga yoki noto'g'ri foydalanishga urinmaslik

5 ZyvoGym majburiyatlari

  • 99.5% uptime (SLA — Pro tarifda)
  • Kunlik avtomatik backup
  • O'zbekiston serverlarida ma'lumot saqlash
  • Texnik qo'llab-quvvatlash (Telegram orqali, ish kunlari)
  • Migration (Excel/daftar'dan ko'chirish) ishga tushirishda
  • Xodimlarni o'rgatish (30-60 daqiqa)

6 Cheklovlar va force majeure

ZyvoGym foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligiga javobgar emas. Tizim faqat ma'lumotlarni saqlaydi va qayta ishlaydi.

Force majeure (internet uzilish, server avariyasi, hukumat cheklovlari) holatlarida vaqtincha to'xtash bo'lishi mumkin. Bunday hollarda biz mijozlarni iloji boricha tezroq xabardor qilamiz.

7 Shartlar o'zgartirish

Shartlar yangilanganda foydalanuvchilar SMS yoki email orqali xabardor qilinadi. 30 kun ichida e'tiroz bildirilmasa — qabul qilingan hisoblanadi.

Eski shartlar 30 kun davomida saqlanadi va Telegram orqali olish mumkin.

8 Aloqa

Savol va takliflar uchun: @zyvo_uz (Telegram)

© 2026 ZyvoGym · Maxfiylik siyosati · Telegram